"Sporting" Trinkauni "Barsa"dan ijaraga olmoqchi

Alisher
3 iyun 2021
"Barselona" yarim himoyachisi Fransishku Trinkau "Sporting" diqqatini tortmoqda.

Portugaliya chempioni 21 yoshli futbolchini ijaraga olmoqchi va "ko'k-anorranglilar" bilan ehtimoliy bitimga qiziqishmoqda.

Hozirda portugaliyalikning "Barselona"dan kyetish ehtimoli kam, sababi klub unga ishonmoqda.

Trinkau yakunlangan mavsum La Ligada 28ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport