"Sporting" murabbiyi - Ronalduning qaytishi haqida: "Xomhayollik"

Mirjalol Normatov
12 mar 2021, 23:45
"Sporting" bosh murabbiyi Ruben Amorim hujumchi Krishtianu Ronalduning Lissabon klubiga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Bu xazilmi? Albatta, bu xomhayollikdan boshqa narsa emas. Ronaldu - "Yuventus" futbolchisi, uning darajasi juda yuqori. Bizning loyihamiz esa juda boshqacha.

Ronaldu doim klubimizning yo'nalishi bo'lib qoladi.  Hatto sport zalimizga uning nomini qo'yganmiz. "Sporting"ning darajasi boshqacha", - dedi Amorim.

Ronaldu "Sporting" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2002 yili asosiy jamoaga o'tib, 2003 yilda "Manchester Yunayted"ga transfer qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal