"Sporting" akademiyasi nomi Ronaldu sharafiga o'zgartirildi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2020, 21:33
"Sporting" klub akademiyasining nomi almashtirilganini e'lon qildi.

Endi u "Yuventus"da o'ynayotgan Krishtianu Ronaldu nomini oladi. Portugaliyalik "Sporting" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 1997 yildan 2003 yilgacha ushbu klub tizimida bo'lgan va u yerdan "Manchester Yunayted"ga o'tgan.

Lissabon klubi matbuot xizmatining takidlashicha, endilikda akademiya dunyoning eng yaxshi futbolchisi bilan bir qatorda tarixdagi eng yaxshi portugaliyalik futbolchilardan biri nomini oldi.

Takidlanganidek, akademiya shu tarzda o'zining eng buyuk tarbiyalanuvchilaridan biri nomini abadiylashtirmoqchi. Ular bu harakat klub tizimidagi yosh futbolchilarga ilhom beradi deb hisoblashmoqda.

"Sporting" prezidenti Frederiku Varandash 2019 yil oktyabr oyida klub o'z stadionini Ronalduning sharafiga nomlashlari mumkinligini e'lon qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sporting.pt