Sport.es: "Yuventus" yetakchisi "Barselona" bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
10 may 2020, 12:11
"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Barselona"ga o'tishi mumkin.

30 yoshli bosniyalik futbolchi Kataloniya klubi bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishib oldi, deb xabar beradi "Sport.es". Endi ikki klub o'zaro kelishib olishsa bo'lgani.

Oldinroq "Yuventus" o'z xavbekini 60 mln evroga baholayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

U ushbu mavsumda 22 o'yinda 3 gol va 4 assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es