SPORT telekanali "So'g'diyona" - "Buxoro" uchrashuvini to'g'ridan-to'g'ri namoyish etadi

Narzulla Saydullayev
16 noya 2015, 09:03
20 noyabr kuni oliy liganing so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

SPORT telekanali ushbu turdan o'rin olgan 3ta o'yinni namoyish etadi. 19 noyabr kuni "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi 14:00dan boshlab to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi. 20 noyabr kuni soat 14:00da oliy ligada qolish uchun kurashayotgan "So'g'diyona" - "Buxoro" o'yini Jizzaxdan jonli ravishda efirga uzatiladi. Shu kuni 19:00da "Paxtakor" va "Andijon" o'rtasidagi bahs yozib olingan holda namoyish etiladi. 

Eslatib o'tamiz, agar "Paxtakor" o'z uyida g'alabaga erishsa mamlakat chempionligini qo'lga kiritadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia