Sport musobaqalarinig to'xtatilishi tufayli Italiya katta zarar ko'radi

20 apr 2020, 00:11
Ushbu mavsum Italiyada barcha sport musobaqalarining bekor qilinishi 60 mlrd evro miqdoridagi mablag' yo'qotilishiga sabab bo'lishi mumkin, deya xabar qilmoqda "Corriere dello Sport".

Ayni paytda koronavirus pandemiyasi tufayli Italiyada barcha sport turlari bo'yicha musobaqalar to'xtatilgan.

Agar musobaqalar qayta tiklanmasa, yo'qotishlar Italiya YAIMning 3,8%ini tashkil qilishi kutilmoqda. Bu mamlakat bo'ylab 14 mln kishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladi. 

Italiya COVID-19 bilan kasallangan soni bo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egallab turibdi. 19 aprel holatiga ko'ra, mamalakatda virus bilan zararlanganlar soni deyarli 176 mingni tashkil qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport