Spiegel yana bir sirni fosh qildi. Bu safar nishonda Ronaldu

Aslanov Jasurbek
1 dek 2018, 13:10
Germaniyaning Spiegel nashri Football Leaks hujjatlari asosida "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va Ketrin Mayorga o'rtasidagi sud ishi borasida ma'lumotlar e'lon qildi.

Nemis nashri jurnalistlari qo'liga kelib tushgan ma'lumotlarga ko'ra, o'zini yo'qotib qo'ygan portugaliyalik futbolchi so'roqlarda ikki xil ko'rsatma bergan. Bu esa Ronalduning vaziyatini og'irlashtirishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli amerikalik Ketrin Mayorga Ronalduni zo'rlashda ayblagan edi. Ma'lum bo'lishicha, portugaliyalik 2010 yilda qizga jim yurishi uchun 375 ming dollar to'lagan.

Irina Sheyk ham "Ronaldu-Mayorga ishi"ga aralashtirildi

Las-Vegas policiyasi so'roq qilish uchun Ronalduni AQSHga chaqiradi

Portugaliya bosh vaziri Ronalduni qo'llab-quvvatlamoqda

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Spiegel