"Spartak"ka qarshi bahsdan so'ng piterlik muxlislar "Zenit" sobiq futbolchisini do'pposlashdi

Aslanov Jasurbek
7 avg 2017, 11:06
"Zenit" sobiq hujumchisi Aleksandr Panov "Spartak" hamda Sankt-Peterburg jamoalari uchrashuvidan so'ng, muxlislar tomonidan do'pposlandi.

Ishqibozlarining agressiyasiga futbolchining shahar bo'ylab "Spartak" sharfida yurishi sabab bo'lgan.

Panov Moskva klubi ishqibozi hisoblanadi va u joriy mavsum "Spartak" o'yinlariga abonement sotib olgan. Sankt-Peterburgda poytaxt jamoasi 1:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

"Peterburgdaman va odamlar menga yaxshi munosabatda" - degan edi sobiq futbolchi o'yindan oldin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com