“Spartak” (Toshkent) “Supermokh Cup2016”ga boradi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2016
Avval xabar berib o'tganimizdek, 11-19 dekabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2002 va 2004 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida “Supermokh Cup 2016” turniri bo'lib o'tadi.
Ushbu yirik turnirda Toshkentning “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ishtirok etishi haqida ma'lumot berib o'tgandik. Ma'lum bo'lishicha, musobaqada Toshkentning “Spartak” jamoasi ham qatnashadi.

“Qizil-oqlar” asosan bolalar-o'smirlarga ixtisoslashgan futbol maktabi bo'lib, nafaqat O'zbekiston xududida o'tkazilanayotgan turnirlarda, balki xorijda tashkil etiladigan bir qancha musobaqalarda ham munosib ishtirok etib kelishmoqda.

Sergey Arslonov murabbiylik qilayotgan “Spartak-2004” futbolchilari “Supermokh Cup 2016” turnirining “S” guruhida “Malayziya sherlari” (Malayziya), “Key Liga akademiyasi” (Janubiy Koreya) hamda “Guanchjou Evergrand” (Xitoy) klublari bilan kuch sinashadi.


“Supermokh Cup 2016” turniri “S” guruhi taqvimi quyidagicha:
U-12 yosh toifasi
“S” guruhi

1.“Malayziya sherlari”
2. “Spartak”
3.Key Liga akademiyasi
4.“Guanchjou Evergrand”

1-tur. 12 dekabr

Key Liga akademiyasi – “Guanchjou Evergrand”
“Malayziya sherlari” – “Spartak”

2-tur. 13 dekabr
“Spartak” – “Guanchjou Evergrand”
“Malayziya sherlari” – Key Liga akademiyasi

3-tur. 14 dekabr
“Malayziya sherlari” – “Guanchjou Evergrand”
“Spartak” – Key Liga akademiyasi

Bolalar-o'smirlar futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan “Spartak” (Toshkent) jamoasiga “Supermokh Cup 2016” turnirida omad va zafarlar tilab qolamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia