"Spartak" Ronalduning koronavirus bo'lgani mavzusida hazil qildi

Mirjalol Normatov
14 okt 2020, 14:41
Moskvaning "Spartak" klubi inglizcha tvitteri Krishtianu Ronalduning koronavirusga chalingani borasida tvit yozdi.

"Demak, APLning navbatdagi turida "Vulverxempton"ning yarim tarkibi o'ynamas ekan", - deb yoziladi tvitda.

Gap shundaki, "Vulverxempton"ning 9 nafar futbolchisi Portugaliya termasiga chaqirilgan va ular agent Jorje Mendesh bilan hamkorlik qiladi.

Ushbu tvitning odamlarga manzur kelganini layklardan bilib olsak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia