Spartak Nicca yarim himoyachisiga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2020, 15:50
Nicca yarim himoyachisi Vilan Sipren klubni tark etishi mumkin.

25 yoshli futbolchiga Moskvaning Spartak klubi qiziqib qolgan, deb xabar bermoqda Telefoot nashri.

Nicca futbolchini yozgi transfer oynasi vaqtida sotishga tayyor.

Fraciyalik futbolchiga shuningdek Bordo va Strasbur klublari ham qiziqish bildirishgan. Verona Siprenni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi edi, ammo rad javobini oldi.

Sipren o'tgan mavsum Fransiya chempionatida 20ta o'yinda maydonga tushib 7ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telefoot