"Spartak" "Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
13 iyun 2023, 17:32
"Fulxem" yarim himoyachisi Villian RPLga qaytishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Rossiyada braziliyalik futbolchi avvalroq "Anji" jamoasi sharafini himoya qilgan.

Manbaning xabar berishicha, "Spartak" braziliyalik futbolchi transferi bo'yicha muzokaralarni boshlab ulgurgan.

"Qizil-oqlar" Villianga 3 mln evro maosh bilan bir yillik shartnoma taklif qilmoqda. Futbolchi esa kamida 5 mln evro ishlab topishni niyat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: SkySports