Spalletti "Napoli" futbolchilariga jamoadagi kelajagini aytdi

Mirjalol Normatov
23 may 2023
"Napoli" bosh murabbiyi Luchano Spalletti ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoadan kyetishi mumkin.

"Il Mattino" xabariga ko'ra, mutaxassis bu qarorini klub prezidenti Aurelio De Laurentisga ma'lum qilib qo'ygan.

Ma'lum qilinishicha, Spallettining "Napoli" rahbariyati bilan munosabatlari yomonlashgan. Mutaxassis futbolchilarga ham o'z qarorini ma'lum qilgan va navbatdagi mavsumda hech qayerda ishlagisi kelmayotganini ham aytgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Il Mattino