Spalletti: "Inter"ga ikkinchi golni ham ura olardik"

Mirjalol Normatov
13 fev 2022
"Napoli" bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriya doirasid "Inter"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"O'yinda g'alabaga erishish uchun jamoa o'zining o'yinini ko'rsatishi kerak. Bizda bunday bo'lmadi va gol o'tkazib yubordik. Shundan keyin ishimiz qiyinlashdi. O'yinni yaxshilash, rivojlantirish uchun shunday o'yinlarda barcha futbolchilar o'zini ko'rsatishi kerak.

Umumiy olganda yomon o'ynamadik. Ikkinchi golni urish uchun juda ko'p vaziyat bo'ldi. Gol ursangiz o'yinni nazorat qilasiz. Yakunda "Inter" o'zining jismoniy kuchliligidan foydalandi. Shunday o'yinlar orqali biz o'syapmiz, tajriba olyapmiz.

O'yindan qoniqdim. Futbolchilar ham kiyim almashtirish xonasida o'zlarini to'liqligicha ochib bera olmaganini aytishdi. Shu sababli shunday raqibga qarshi o'yindagi natija ham qoniqarli bo'ldi", - dedi Spalletti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal