Spaletti A Seriyada oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Aslanov Jasurbek
1 okt 2021
"Napoli" klubi bosh murabbiyi Luchano Spaletti Italiya chempionatida oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

62 yoshli mutaxassis boshchiligidagi jamoa A Seriyani muvaffaqiyatli boshladi. Sentyabr oyida neapolliklar chempionatda g'alabali yurishini davom ettirdi hamda 12 ochko to'plashdi.

Oy davomida Spaletti shogirdlari birin-ketin "Yuventus" (2:1), "Udineze" (4:0), "Sampdoriya" (4:0) va "Kalyari"ni (2:0) ortda qoldirib, Italiya chempionatida yakka peshqadamlik qilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: legaseriea.it