"So'g'diyona": Jamshid Odilovni tabriklaymiz

Narzulla Saydullayev
17 mar 2015
Bugun jamoa boshlig'i Jamshid Odilov 37 yoshni qarshi olmoqda.
Bugun jamoa ijrochi direktori Jamshid Melievich Odilov 37 bahorni qarshi olmoqda. Jamshid Melievich bir necha yillar davomidagi futbolchilik davrida So'g'diyona jamoasida to'p surgan. U o'zining ajoyib o'yinlari bilan hanuzgacha muhlislar yodida qolgan. Hayoti va umrini futbol uchun baxshida qiladigan inson, jamoada dastlabki oylardanoq keskin o'zgarishlarni amalga oshirishga erishmoqda.

So'g'diyona PFK jamoasi rahbariyati, jamoaning barcha a'zolari Jamshid Odilovni bugungi tavallud ayyomi bilan qutlaydi. Kelajakda o'zbek futboli rivoji va ravnaqi yo'lidagi ishlarida omad tilab qoladi!

SO'G'DIYONA PFK a'zolari

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz