“So'g'diyona” Sergey Lushan bilan shartnomani uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2018, 16:40
Xabaringiz bor, Sergey Lushan aprel oyida “So'g'diyona”ni qabul qildi.

O'tgan davr mobaynida Sergey Ivanovich boshchiligida jamoada  bir qator jabhalarda ijobiy o'zgarishlar bo'ldi.

Sergey Ivanovich yoshlarga imkoniyat berib, Shaxboz Jo'rabekov, Oybek Nurmatov, Sahob Rashidov, Siroj Melievlar kabi futbolchilarni kashf etdi.

Ushbu ijobiy jihatlarni inobatga olib “So'g'diyona” PFK raxbariyati Sergey Lushan va uning yordamchilari: Muhiddin Ortiqov (katta murabbiy), Avgustin Chirita (jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy)lar bilan shartnomalarni uzaytirdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” ПФК матбуот хизмати