

O'tgan yili So'g'diyonada harakat qilgan Alisher Salimov Qo'qon-1912 jamoasiga o'tishga yaqin.
25 yoshli futbolchi so'nggi ikki mavsumni Jizzax jamoasida o'tkazdi. Qanot himoyachisi yakunlangan mavsumda Superligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



