"So'g'diyona" darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2025, 21:30
"So'g'diyona" va Milan Mitrovich o'rtasidagi hamkorlik davom etadi.

"Jizzaxning faxri bo'lgan “So'g'diyona” futbol klubi darvozaboni, Serbiyalik legioner Milan Mitrovich bilan hamkorlik yana bir yilga uzaytirildi!

Mitrovich 2018-yildan buyon jamoamiz sharafini himoya qilib kelmoqda va ushbu yillar davomida o'z professionalligi hamda ishonchli o'yinlari bilan muxlislar qalbidan chuqur joy olgan.

O'tgan mavsum ko'rsatkichlari:

Umumiy 24 o'yin

2145 daqiqa maydonda harakat

3 uchrashuv - O'zbekiston kubogi doirasida

Darvozabonimiz yangi mavsumda ham o'zining ajoyib o'yinlari bilan muxlislarni xursand qilishiga ishonamiz. Biz esa unga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Birgalikda yangi yutuqlar sari!", - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати