

Eronliklar Bahraynning "Al Mukarrah" jamoasini mehmon qildi. Uchrashuv 0:1 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.
Mezbonlar safida Rustam Ashurmatov yangi jamoasidagi rasmiy debyut uchrashuvida maydonga tushdi. Himoyachi to'liq 90 daqiqa harakat qildi va bahsning 66-daqiqasida ogohlantirildi.
Sofascore nashri hamyurtimizning harakatlariga 6,6 baho qo'ydi.



