Soboslaining "Leyptsig"ga o'tganligi bugun e'lon qilinishi mumkin

Alisher
17 dek 2020
"Zalcburg" yarim himoyachisi Dominik Soboslaining transferi bugun rasman yakunlanishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. 20 yoshli vengriyalik futbolchining transferi bo'yicha barcha narsa hal etilgan.

Futbolchi bugun agenti bilan birgalikda tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Leyptsigga keladi.

Soboslai joriy mavsum "Zalcburg" tarkibida 19ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 9ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano