Sobit Sindarov: "Imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik"

Sherzod Nurmatov
18 okt 2022, 19:43
Pro liga 22-turidan o'rin olgan "Turon" – "Mashal" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar futbolchisi Sobit Sindarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ajoyib o'yin bo'ldi. Bizda ham, raqibda ham gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Afsuski, foydalanishda omadimiz kelmadi. Tanaffusdan keyin ham gol urib, g'alaba qozonib ketishimiz mumkin edi. Shaxsan o'zimda ham qulay vaziyat yuzaga keldi, lekin bundan foydalana olmadim. Hech bo'lmaganda, bittasidan foydalanishimiz kerak edi.


Superliga yo'llanmasidagi imkoniyatimizni qo'ldan chiqardik. Hammasi o'z qo'limizda edi, biroq muvaffaqiyatsiz natijalar sababli Superliga yo'llanmasidan mosuvo bo'ldik", – dedi Sindarov.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia