Sobiq hakam: "Real" penalti tepishi kerak edi"

Aslanov Jasurbek
2 apr 2025, 13:07
Ispaniya Kubogi yarim finalining javob o'yinida "Real" "Real Sosedad" bilan 4:4 hisobida (birinchi bahs 1:0) o'ynab, keyingi bosqichga yo'l oldi.

"Real" "Sosedad" bilan o'yinning ikkinchi taymi boshida penalti tepishi mumkin edi.


49-daqiqada mehmonlar darvozaboni Aleks Remiro to'pga yetishga urinar ekan, Jud Bellingemning yuziga qo'li bilan tegib ketdi. Bosh hakam Xaver Alberola Roxas qoida buzilishi yo'q deb hisobladi.  

Sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales bu qarorga qo'shilmadi: "Bu penalti, bee'tibor o'yin. Qo'l harakati bor, u raqibga tarsaki berdi".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As