Sobiq hakam Fernandes Acherbining goli haqida: "Qoida buzilmagan. Martin o'z xatosida hakamni aybladi"

Aslanov Jasurbek
7 may 2025, 14:11
Sobiq hakam Pavel Fernandes "Inter"ning "Barselona" bilan o'yinda (4:3) hisobni tenglashtirgan goli qoidaga muvofiq ekanini aytdi.

Pavel Fernandes Chempionlar Ligasi yarim finali "Inter" va "Barselona" o'rtasidagi javob o'yinida bir vaziyatga baho berdi. Unda himoyachi Franchesko Acherbi 93-daqiqada hisobni tenglashtirgan edi.  

Gol urilishidan oldin Denzel Dumfris kataloniyaliklar jarima maydonchasi yaqinida Jerar Martindan to'pni olib qo'ygan. Hakam Shimon Marchinyak qoida buzilishini ko'rmadi.  

"Jerar Martin fol bo'lganidan shikoyat qildi. Kataloniyalik himoyachisi o'z xatosida polyak hakamini aybladi. Golda qoida buzilmagan", – deb yozdi sobiq hakam Fernandes.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/PavelFdez/