Sneyder: “Mourinyu menga 1000 marta qo'ng'iroq qilgan”

Eldor Akmurzayev
5 mar 2022, 09:05
Niderlandiyalik sobiq futbolchi Uesli Sneyder “Inter” bilan bog'liq xotiralarini esga oldi.

“U yerda jamoa, haqiqiy jamoa bor edi, individual mahoratning o'zi bilan uzoqqa borib bo'lmasligini hamma tushunardi. Mourinyu menga ming marta qo'ng'iroq qilib, “Inter”ga chorlardi. U jamoada ko'pchilik borligi, ammo o'ninchi raqam yetishmayotgani haqida aytardi. “Inter”ga o'tganimdan keyin o'zimga bo'lgan ishonchni his etdim.

“Inter” muxlislariga shuni aytmoqchimanki, u yerda o'zimni uydagidek his qilaman, jamoa muxlislari esa dunyoda eng yaxshisi hisoblanadi”, deydi Sneyder.

Eslatib o'tamiz, hujumkor yarim himoyachi 2009 yil “Real”dan “neradzurrilar” safiga o'tgan. 2010 yil esa u jamoa bilan treblga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia