Sneyder: “Gollandiya terma jamoasi jahon chempionatida g'olib bo'lishi kerak”

Tolibjon Qosimov
28 iyun 2014, 19:36
Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Uesli Sneyderning fikricha, Lui van Gaal shogirdlari mundialda chempion bo'lishi kerak ekan.
“Men biror-bir musoboqada o'ynashni boshlasam, doimo g'olib bo'lishni xohlayman. To'rt yil oldin juda qiyin bo'lgandi. Biz finalda mag'lub bo'ldik va bu faoliyatimdagi eng og'ir dam edi. Futbolning ajoyibligi shundaki, senda doimo o'ch olish uchun imkoniyat bo'ladi.

Nega endi chempion bo'lmasligimiz kerak? Juda yaxshi jamoamiz bor va ichki muhit ham a'lo darajada, biz jahon chempionlari bo'lishimiz kerak” – deydi Sneyder FIFA rasmiy saytiga.

Eslatib o'tamiz, Gollandiya – Meksika uchrashuvi 29 iyun kuni Fortalezedagi “Kastelan” stadionida bo'lib o'tadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com