Smolov "Zenit"ga o'tishni istamadi

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2017
"Krasnodar" hujumchisi Fyodor Smolov "Zenit"ga o'tishdan bosh tortdi.

Aynan shu sababli "Zenit" sport direktori Konstantin Sarsaniya klub Smolovga qiziqmayotganini aytgan.

Fyodor faoliyatini boshqa klubda davom ettirmoqchi va "Krasnodar" egasi Sergey Galickiydan uni qo'yib yuborishni so'ragan. Futbolchiga "Spartak" ham qiziqish bildirmoqda. 6 iyul kuni hujumchi "Krasnodar"ning Avstriyadagi yig'iniga qo'shildi.

Oldinroq, "Krasnodar" "Zenit" bilan Smolovni Aleksandr Kokoringa almashtirmoqchi ekanligi ma'lum qilingan edi, ammo hozir voqealarning bunday rivoj olishi haqiqatga yaqin emas.

"Spartak" qishdayoq Smolovga qiziqish bildirishni boshlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com