Slot: "Umid qilamanki, Reshford "Aston Villa"da o'zini ko'rsatadi"

Omonjon To`xtamirzayev
18 fev 2025, 18:35
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot "Aston Villa" hujumchisi Markus Reshford haqida iliq fikrlar bildirdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi transfer huquqi "Manchester Yunayted"ga tegishli.

"Men birinchi marta Markus Reshfordni AQSHdagi mavsumoldi yig'inida ko'rgandim. Uning tezligiga qoyil qolganman.

Uning bo'yi ham yomon emas, to'p bilan o'yinda ham o'zini yaxshi his qiladi. U "Villa"da o'zini ko'rsata olishiga umid qilamanki, tabiiyki, bizga qarshi uchrashuvlarda emas.

Bu kabi yuqori darajadagi futbolchi o'zini ko'rsata olmasa, hayron qolaman".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk