Skoulz Mourinyoni tanqid qildi

Mirjalol Normatov
18 mar 2018, 13:16
Garchi "Manchester Yunayted" g'alaba qozongan bo'lsa-da, Joze Mourinyo o'yin sifatida borasida ko'ngli to'lmaganini aytib o'tdi.

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulz esa murabbiy hech qachon jurnalistlarga bunday demasligi tarafdori.

"Agar futbolchi istagi shubha ostida qolsa - bu o'yinchi uchun eng yomon tuyg'u. O'ziga ishonchi yuqori, futbolchi bo'lish uchun astoydil harakat qilayotganlar buni qabul qilishi juda qiyin.

Bunday intervyuni u seshanba kuni berish kerak edi, biroq bugun emas. U futbolchilarining agressiv o'yin ko'rsatmaganidan norozi, biroq bugun jamoa shunday o'yin ko'rsatdi", - dedi Skoulz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: footballhd.ru