“Siz “Qo'qon-1912da o'ynashni istaysizmi?” musobaqasi yakunlandi

14 dek 2014, 11:14
Kuchlilar safiga qaytgan “Qo'qon-1912” kelasi yil yoshlar ligasida ishtirok etadigan jamoasiga iqtidorli futbolchilarni saralash maqsadida kichik turnir tashkil etdi.

1996-98 yillarda tavallud topgan o'yinchilar ishtirokida o'tgan musobaqa kecha yakunlandi. 

Kunning birinchi yarmida yarim final o'yinlari tashkil etildi. 

“Qo'qon-1912” – “Spartak” 4:0

“AOZK” – “Parvoz” 2:0

Shundan so'ng final yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalarning o'zaro kelishuviga binoan turnir g'olibligi uchun kurash ham tushlikdan so'ng o'tkazildi. 

“Qo'qon-1912” – “AOZK” 1:0

Abduqahhor O'ktamovning yagona goli mezbonlarga g'alaba keltirdi. Shu tariqa Muhsin Nizomiddinov boshqaruvidagi “Qo'qon-1912” jamoasi turnir g'olibi bo'ldi. Katta extimol bilan kelasi yil yoshlar jamoasini ham aynan Nizomiddinov boshqaradi.


Manba: championat.asia