Sinisha Mixaylovich oqqon kasalligiga chalindi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019
"Bolonya" bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich qayg'uli xabarni e'lon qildi.

"Oqqon kasalligiga chalinganman. Bu men uchun juda qayg'uli ma'lumot. Bir necha kun davomida yig'ladim, butun bir hayotim ko'z oldimdan o'tdi. Endi bu kasallikka qarshi kurashni boshlayman. Bu juda qiyin, bilaman. Ammo g'alabaga erishish mumkin. O'z taktikamda bu kasallikni mag'lub etaman", - dedi 50 yoshli mutaxassis.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia