Singapur bosh murabbiyi: "O'zbekiston juda kuchli, ammo..."

Narzulla Saydullayev
13 okt 2019
JCH-2022 saralashi doirasidagi Saudiya Arabistoni - Singapur uchrashuvida maydon egalari 3:0 hisobida g'alabaga erishishganidan xabaringiz bor.

O'sha bahsdan keyin mehmonlar ustozi Tatsuma Yoshida o'z fikrlarini bildirib o'tgandi.

"Bugungi natija juda yomon, ammo biz maydonda borimizni berib harakat qildik. Oxirigacha taslim bo'lmadik, buni barcha ko'rdi. Biz keyingi bahsda ham shunday harakat qilishimiz kerak. O'zbekiston ham juda kuchli, ammo biz to'xtamoqchi emasmiz, yurishda davom etishimiz lozim.

Bugun ikki jamoa o'rtasidagi farqni ko'rdingiz. Biz o'yinimizni yaxshilab borishimiz kerak. Saudiya Arabistoni juda ham yaxshi o'ynadi, ularda konsentratsiya yuqori edi. Harakat qilishda davom etamiz. Ayni paytda bizning darajamiz ulardan keskin farq qiladi, ammo qadamma-qadam, kundan-kunga kuchayib borsak ularga yetib olamiz", - deydi Tatsuma Yoshida Singapur futbol Assotsiatsiyasi rasmiy saytiga.

Eslatib o'tamiz, Singapur terma jamoasi navbatdagi o'yinni 15 oktyabr kuni o'z maydonida O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. 





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia