Simone Indzagi: Bu biz uchun dastlab orzu edi, biroq biz bunga ishonar edik

Alisher
17 may 2023, 08:12
Inter jamoasi bosh murabbiyi Simone Indzagi jamoasini ECHL finaliga chiqqani borasida gapirdi.

Bu biz uchun dastlab orzu edi, biroq biz bunga ishonar edik. Derbida juda kuchli o'yin ko'rsatib finalga chiqish juda ham ajayib. Menga jamoamning yarim finallarda ko'rsatgan o'yini juda yoqdi: ko'p harakat, tajovuzkorlik, koncentraciya. Yanvardan boshlab shu paytga qadar biz Milanni to'rt marta mag'lub etdik. Milan - Italiya chempioni, ularda ko'plab mahoratli futbolchilar bor. 

Real va Man Siti - Yevropaning eng kuchli jamoalaridan. Ularning birinchi o'yinlari teng bo'lgandi. Men bugungi ishdan qoniqish hosil qildim va ertaga bo'lajak raqibimiz kim bo'lishini ko'raman,-dedi Simone Indzagi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com