Simeone 14 uchrashuvdan buyon “Barselona”ni mag'lub etolmayapti

25 noya 2018, 07:08
Ispaniya chempionatining 13-turida “Atletiko” o'z maydonida “Barselona” bilan (1:1) kuch sinashdi va durang qayd etdi.

“Matraschilar” ustozi Diego Simeone “Barselona”ni La Liga doirasida 14 o'yindan beri mag'lub etolmayapti. La Liga jamoalari murabbiylari orasida “Valensiya” ustozi Marselinoda bu ko'rsatkich 15 tani tashkil etmoqda. U qo'l ostidagi jamoalar bilan 15 o'yindan buyon “Barsa”ni dog'da qoldira olmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Педро Мартин твитттери