Simon Minole: "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin vaziyatni o'nglash uchun yaxshi imkoniyatdir"

Narzulla Saydullayev
23 sen 2013, 17:26
"Liverpul" darvozaboni Simon Minolening aytishicha "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuv, shanba kungi mag'lubiyatdan tiklanish uchun imkoniyat bo'lar ekan.
"Biz g'alaba qozonishni xohlagandik" - deydi Minole jamoasining rasmiy saytiga bergan intervyusida.

"Qachonki sen "Enfild"da, "Sautgempton"ga qarshi o'ynar ekansan albatta uch ochkoni qo'lga kiritishing shart".

"Raqibimiz bizga ko'p ham imkoniyat bermadi. Ular juda uyushqoqlik bilan o'ynashdi. Bizga o'z futbolimizni ko'rsatishimiz va vaziyatlar yaratishimizga xalal berishdi. Agarda sening jamoang ikkinchi bo'limda burchak zarbasidan so'ng, gol o'tkazib yuborsa bu sizga yoqmasligi turgan gap, buni boshqacha nomlab bo'lmaydi".

"Oldimizda bizni "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yin kutmoqda. Aynan chorshanba kuni bo'ladigan o'yin bizga  hammasini o'nglash va avvalgi omadsizlikni unutish uchun imkoniyatdir. "Old Trafford"da bo'ladigan o'yin atrofdagilarning e'tibor doirasini o'zimizga qaytarib olish uchun yaxshi imkoniyat deb o'ylayman".

"O'yin natijasidan qanoat hosil qilmaslik futbolda ko'pincha uchrab turadi. Lekin buni tezda esdan chiqarib, qaytadan birlashib, yangi g'alabalar sari tayyorlanish kerak".

"Glen Jonson, Xose Enrike va Daniel Aggerlarning jarohat olganliklari sababli "Liverpul" murabbiyi himoyada o'zgartirishlar qilishga majbur bo'ldi va o'yinga to'rtta markaziy himoyachini tushurdi".

"Bizning jamoada maydonga tusha oladiganlar etarli va chetlatishlar yo'q. Ularning har biri o'z o'yinini yaxshi va yomon tomonlarini tahlil qiladi. Bu bizning kiyinish xonasidagi asosiy prinsiplarimizdan biri, o'z o'yinlarini ko'rib, hulosa chiqaradilar. Chorshanba kuni vaziyatni to'g'irlashga imkon bo'ladi va ishonchim komilki jamoamizning har bir a'zosini bunga kuchi etadi. Bizning futbolchilar kuchli xarakter egasi hisoblanadi. Hamma "Manchester Yunayted"ga qarshi tayyorlanish uchun o'tkaziladigan mashg'ulotni sabrsizlik bilan kutmoqda".

"Har bir o'yin biz uchun juda muhim. Biz maydonga faqat g'alaba qozonish uchun tushushamiz. "Sautgempton" bilan o'yinda asosiy maqsadimiz g'alaba qozonish edi, lekin bu ishni uddalay olmadik. Chorshanba kungi o'yin esa - omadsiz, emasligimizni va asl kuchimizni isbotlash uchun imkoniyatdir.
Luis Suares ham safga qaytdi va bu ham bizga qo'shimcha kuch beradi. Kelinglar olg'a intilaylik va kelgusi o'yinlarga tayyorlanaylik".

Javlonbek Yusupov tarjimasi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: liverpoolfc.ru