Simeone: "Rodri uchun xursandman. U "Oltin to'p"ga loyiq"

Omonjon To`xtamirzayev
31 okt 2024, 13:22
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritganiga munosabat bildirdi.

"Rodri uchun xursandman. U bunga loyiq bo'lgan ajoyib futbolchi. U safimizda faqatgina bitta mavsum o'tkazgan bo'lsada, ajoyib taassurot qoldirgan. O'shanda Rodri qolishi uchun kurashgandik. "Siti"ga o'tishga qaror qilgan va o'sishga erishdi, dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun ko'plab ishlarni amalga oshira oldi. "Atletiko"dagi bir yil davomida u bizga ko'p narsa bera olgan.

Shuning uchun u uchun juda xursandman, [uning g'alabasi] adolatli qaror. Biz, xavbeklar uchun, mehnatimizga munosib baho berilishi o'ta yoqimli, chunki odatda u e'tibordan chetda qoladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: mundodeportivo.com