Simeone: "Real"ga qarshi bahsning katta qismida o'yinni biz nazorat qildik"

Alisher
8 mar 2021, 09:33
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya chempionati 26-tur doirasidagi "Real" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qirollik klubi" 88-daqiqada Benzemaning urgan goli sabab mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

"Biz o'yinning katta qismini nazorat qildik, mudofaada ajoyib o'ynadik va yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik, ammo ularni golga aylantira olmadik va shu sabab tovon to'ladik. Futbolda barchasini ishga solgan holda tavakkal qilish kerak. Agar siz buni qilmasangiz, raqibingiz hisobni tenglashtiradi. 1:0 - bu raqib gol urganda yo'qqa chiqadigan minimal ustunlik.

Chempionatdagi yetakchilik? Yakuniy nimadir deyishni xohlamayman, jamoaning o'yinida etarlicha yaxshi tomonlarni ko'ryapman, ammo mavsum so'nggigacha hali ko'p o'yinlar bor", - deydi Simeone.

"Atletiko" jadvalda yetakchilik qilishda davom etmoqda. Ikkinchi o'rinda "Barselona", "Real" esa uchinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca