Simeone "Real"ga qarshi bahs oldidan: "Hakam haqida o'ylayotganim yo'q"

Aslanov Jasurbek
7 fev 2025, 19:45
Diego Simeone "Real"ga qarshi kechadigan bahs borasida fikr bildirdi.

8 fevral kuni "Real" hamda "Atletiko" o'rtasida LaLiganing 23-tur bahsi o'tkaziladi.

- Hakam qanday ishlashi emas, biz nima qilishmiz haqida o'ylayapman. Ajoyib o'yin kutyapman. Biz sifatli raqibga qarshi to'p tepamiz.

- "Real"dagilarning hakamlar nomiga aytgan gapi haqida nima deysiz? Bu adolatlimi yoki sankciya qo'llash kerakmi?

- Bor e'tiborim uchrashuvga qaratilgan.

Bunday bahslashuvlar faqat sizgakerak shekilli" - dedi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As