

Mavsumning birinchi qismida matbuotda hujumchining "Chelsi"dan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, so'nggi vaqtlarda u o'z formasini tiklab oldi va o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etishni boshladi. U Mourinyo jamoadan ketganidan so'ng APLda 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylanishga ulgurdi.
"Matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone esa uning "Atletiko"ga qaytishi haqidagi xabarni xursandchilik bilan qarshi olishini aytib o'tgan.



