Simeone Grizmanni ketma-ket oltinchi marta 60-daqiqadan keyin maydonga tushirdi

Mirjalol Normatov
11 sen 2022, 11:30
"Atletiko" futbolchisi Antuan Grizmann yana bir bor 60-daqiqadan keyin zaxiradan tushirildi.

LaLiga doirasida "Selta"ga qarshi o'yinda "matraschilar" ustozi Diego Simeone fransiyalik forvardni zaxirada qoldirib, 63-daqiqada o'yinga tashladi. Bunday holat mavsum davomida ketma-ket oltinchi marta sodir bo'lmoqda. Bunga qadar u 64, 63, 61 va ketma-ket ikki bora 62-daqiqada maydonga tushgandi.

Oldinroq chiqqan ma'lumotlarga qaraganda, agarda futbolchi 60-daqiqadan keyin maydonga tushaversa klub Grizmanni 40 million evro arzonroqqa sotib olishi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal