Simeone Feliksning "Atletiko" muvaffaqiyatsizligi borasida gapirgani haqida: "Agar u muammo nimadaligini bilsa, buni bilish yomon bo'lmasdi"

Alisher
12 fev 2022, 11:44
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone yarim himoyachisi Joau Feliksning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsiz natijalar sabablari haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.

Portugaliyalik aytdi: "Biz nima bo'layotganini bilamiz, ammo men bu haqda aytmaslikni afzal ko'raman".


"Agar u muammo nimadaligini bilsa, buni bilish yomon bo'lmasdi.

Sizda buni so'rash imkoniyati bo'lganda, buni qilishingiz mumkin. Shubhasiz men jamoa bilan shunga yarasha ishlayman, agar u muammoni ko'rib va bilib turgan bo'lsa, bu haqda bilish yaxshi bo'lardi.

Undan nimaga savoldan qochib ketganini so'rang. Biz gap nimadaligini bilamiz va bu haqda ortiq gapirishni istamayman. Men jurnalistlar erishmoqchi bo'lgan narsada ishtirok etmoqchimasman. Undan o'zingiz so'rang", - deydi Simeone.

Madridliklar o'tgan mavsum Ispaniya chempionatini yutishdi, hozir esa yetakchi "Real"dan 17 ochko ortda qolgan holda 5-o'ringa joylashishgan. "Atletiko" o'tgan turda "Barselona"dan engilgandi - 2:4.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es