
Javob o'yinida hisob 2:2 bo'ldi va birinchi bahsda "Atletiko"ning 2ta javosiz goli, ularni keyingi bosqichga olib chiqdi.
"Ikkinchisiga qaraganda, birinchi bo'limda bizg qiyin bo'ldi. Tanaffusdan so'ng yaxshi harakat qildik. Birinchi bo'limda katta kuch bilan himoyalandik, chunki jahonning eng kuchli jamoasiga qarshi to'p tepayotganimizni bilardik va ularni mag'lub etdik" - deydi Simeone.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" chorak finalda "Barselona" bilan uchrashadi. Birinchi o'yin 21 yanvarda Kataloniyada bo'lib o'tadi.