
Uchrashuvning asosiy vaqti 1:0 hisobi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa mezbonlar 3:2 natijasi bilan raqibdan ustun keldi.
"Katta muvaffaqiyatlarga intiladigan futbolchilarim bilan faxrlanaman. Ularni hurmat qilaman. Biz ketma-ket ikkinchi marotaba Yevropaning eng yaxshi sakkiz jamoasidan biriga aylandik" - deydi argentinalik mutaxassis.