Sidorov Qo'qon-1912 lagerini tark etdi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2020
Qo'qonliklar yangi mavsumga ayni damda Farg'onada tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoa safida kun-ora o'zgarishlar kuzatilayotganini aytish lozim.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov 25 yoshli hujumchi Andrey Sidorov bilan xayrlashishga qaror qilgan. Xuquqiy jixatdan Paxtakor futbolchisi hisoblanadigan Sidorov o'tgan mavsum aynan Ashurmatovning taklifiga binoan Buxoroga borib, o'ynagandi. Sidorov u yerda 7ta o'yin (383 daqiqa) o'tkazib, o'z hisobiga 1ta gol yozdirib qo'ygandi.

Ma'lumot uchun, qo'qonliklar safida hozir Otabek Haydarov, Zohid Abdullaev, Shoxnazar Norbekov va Hamidullo Abduhamidov singari hujumchilar bor.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia