Shyurrle yaqin vaqtlarda Moskva jamoasiga ko'chib o'tadi

Mirjalol Normatov
28 iyul 2019, 13:54
O'tgan mavsumni "Fulxem" safida ijarada o'tkazgan "Borussiya" futbolchisi Andre Shyurrle yaqin vaqtlarda Moskvaning "Spartak" a'zosiga aylanadi.

"Bild" xabariga ko'ra, u shu sababli "Udineze"ga qarshi bahsda ishtirok etmagan va yaqin vaqtlarda Rossiyaga uchib ketadi.

Germaniyalik futbolchining transfer narxi 3,5 million evroga teng bo'ladi.

Shyurrle o'tgan mavsumda 25ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild