Shyurrle "Spartak"ga o'tishga rozi

Alisher
27 iyul 2019, 10:49
Moskvaning "Spartak" klubi tez orada Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Andre Shyurrlening transferini e'lon qilishi mumkin.

28 yoshli futbolchi Moskva klubiga o'tishga rozilik bergani haqida xabar qilinmoqda.

Futbolchiga bundan tashqari Rossiyaning yana bir klubi, "Lokomotiv" ham qiziqish bildirgan edi.

Eslatib o'tamiz, futbolchining "Borussiya" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Germaniyalik futbochli yakunlangan mavsumni ijara asosida "Fulxem"da o'tkazdi. U 25ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishgan.

Transfermarkt futbolchini 12 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport24.ru