Shveytsariya termasi Portugaliyaning Yevropa chempionatidagi rekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
12 iyun 2021, 21:25
Evro-2020 ilk turi doirasida Shveytsariya TJ Uels bilan murosa yo'lini tanladi.

Shveytsariyalikliklar musobaqa final bosqichida qatorasiga 4 ta uchrashuvdan beri durang o'ynab kelmoqda. Terma ushbu natija bo'yicha Portugaliyaning rekordini takrorladi – 2012 va 2016 yillar davomida ketma-ket 4 durang.

Eslatib o'tamiz, Shveytsariya Evro-2016 guruh bosqichida Ruminiya (1:1) va Fransiya (0:0) bilan ochko bo'lishgan. 1/8 finalda esa ular Polshaga faqatgina penaltilar seriyasida yutqazgandi (1:1, pen – 4:5).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta