Shveytsariya Kubogi uchrashuvida 21:0 hisobi qayd etildi

Aslanov Jasurbek
13 avg 2017, 17:43
"Ksamaks" klubi Shveytsariya Kubogi tarixidagi eng yirik g'alabaga erishdi.

Nevshatel shahri jamoasi beshinchi divizion klubi "Monfokon"ni 21:0 hisobida taslim etdi. Avvalgi rekord 1947 yilda o'rnatilgan. O'sha yili "Grenxen" "Tavan" darvozasiga javobsiz 18 ta gol urgan.

"Monfokon" o'tgan mavsum Shveytsariya futbol federatsiyasining feyr-pley sovrinini qo'lga kiritgani uchun, mamlakat kubogida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild