Shvetsiya terma jamoasi forvardi Isakka Angliya klublari qiziqmoqda

Alisher
19 iyun 2021, 16:04
"Real Sosedad" hujumchisi Aleksander Isak faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

21 yoshli forvardning xizmatlariga "Liverpul" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda.

Isakning ispan klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt o'yinchini 40 million evroga baholamoqda.

Forvard o'tgan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 34ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: talkSPORT