Shvaynshtayger - Pogba haqida: "Fransiya termasida u eng zo'ri, MYUda esa..."

Mirjalol Normatov
16 noya 2021, 00:52
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Bastian Shvaynshtayger xavbek Pol Pogba haqida gapirdi.

"Doimo bir savol ko'ndalang qo'yiladi: bunday futbolchilar bilan qay tariqa ishlash kerak? Fikrimcha, Pogba Fransiya termasining eng yaxshisi. U doimo yuqori darajada o'ynaydi.

Xo'sh, nima uchun u MYUda bunday o'ynamaydi? Menimcha, futbolchilarga doimo yaxshi sherik tanlay olish kerak.

Qachonki jamoadoshlaring bilan tez chiqishib keta olsang, paslaring ham yaxshi chiqadi va futboldan zavq olasan. Mana nima uchun men Zlatan va Pol bilan birga o'ynashni istaganman. Ular o'yinning borishini o'zgartira olishadi", - dedi germaniyalik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC